Tuesday, July 2, 2013

Qibla

Oldingi bir postda diniy manba Yerni tekis deyishi yozilgan edi. Bundan yana bir muammo kelib chiqadi: dindor dunyoning qayerida bo'lmasin, Arabistondagi kubsimon inshoot tomon egilib sajda qilishi kerak. Biroq bu qoida Yerni tekis deb hisoblab o'ylab topilgan. Agar Yer aslida sharsimon ekanligi inobatga olinsa, vaziyat o'zgaradi - dindor sayyoraning Arabistonga qarama-qarshi nuqtasida yashasa (rasm), unda u qiblaga oyoq qilib yurgan bo'lib chiqadi, va sajda qilish uchun Yer qa'riga engashishi kerak bo'lib qoladi. Bu muammoni ayrim ruhoniylar sajda yo'nalishi Yerni "aylanib" o'tib, qibla tomon bo'lsa bas, deb yechishga urinishadi; biroq bu "yechim" yana muammolar keltirib chiqaradi: a) ruhoniylar xudo emas; b) bordi-yu, qibla tomon Yerni aylanib o'tuvchi yo'nalishda egilsa, sajda qiluvchining keti ham Yerni boshqa tomondan aylanib o'tib, yana qibla tomondan ketadi.

Savol:

Nega diniy manbada sharsimon Yerda qanday ibodat qilish kerakligi haqida aytilmagan?

Javob:

Bu diniy manba qadimgi afsona va rivoyatlarga asoslangan. Xudodan kelmagan. Agar diniy manba rostdan ham xudodan kelganida edi, unda Yer sayyorasi tekis emasligi ochiq aytilgan, bunday tentakona muammolar chiqmagan bo'lur edi.

18 comments:

  1. Оламлар роббиси бўлган, қиёмат кунини эгаси, қодир ва хақ Аллохга хамду санолар бўлсин. Барча хамд унга тегишлидир. Аллоху Акбар!

    Инсон онгли мавжудот. У тупроқдан яратилган Аллохнинг бандасидир. Инсон илох эмас. Инсоннинг имкониятлари чеклаб қўйилган. Аллох хувватаоло, ерни шарсимон геоид шаклда яратган. Келинг ушбу постингизга мантиқий қараш билан жавоб берсак. Сиз ерга, ернинг қарига энг кўпи билан қанча масофагача кира оласиз. Ёки бошқачароқ айтсак, Сиз шимолий қутубдан, жанубий қутубга ёки Ўзбекистондан туриб Америка қитаъсига ерни тешиб ўта оласизми? Хеч қачон. Бунга миллион йил бўлсин инсон қодир эмас. Ер марказига етиб бормасдан ёниб кетасиз. Шундай экан инсон ерни юзасида юради, манзилини ернинг у томонидан бу томонига айланиб ўтади. Худди пуфак устидаги чумоли у томондан бу томонга пуфак бўйлаб, пуфакнинг юзасида айланиб ўтгани каби. Каба турган ер хам худди шу каби. Дунёнинг исталган бурчагидан тўғри йўналиш билан ер юзаси бўйлаб етиб борилади. Халқ мақоли : Тўрт томонинг қибла.

    ReplyDelete
    Replies
    1. >Дунёнинг исталган бурчагидан тўғри йўналиш билан ер юзаси бўйлаб етиб борилади.

      Demak istalgan burchakdan qiblaga engashish mumkin, sajda Yer sirti bo'ylab ketadi, demoqchisiz. Unda engashganning keti ham Yer sirti bo'ylab teskari yo'nalishda yana qiblaga ketadi: http://i.imgur.com/59YsPQO.gif

      Delete
    2. Dinchilarga Savollar: Qibla >>>>> Download Now

      >>>>> Download Full

      Dinchilarga Savollar: Qibla >>>>> Download LINK

      >>>>> Download Now

      Dinchilarga Savollar: Qibla >>>>> Download Full

      >>>>> Download LINK hu

      Delete
  2. Salom hurmatli Ateist,yozganlaringizni o'qidim qiziq narsalar faktlar asosida yozilgan...Ammo menda savol bor tezroq javob yozasiz degan umiddaman.Ka'badagi yerga tushmas osmonga uchib ketmas toshga ateizm qanday qaraydi?

    ReplyDelete
    Replies
    1. Xush kelibsiz! Ateizmning bu yerda to'g'ridan-to'g'ri aloqasi yo'q; skeptik nuqtai nazardan qaralsa, Ka'badagi tosh (hajar al-asvad yoki qora tosh) ni "yerga tushmas, osmonga uchib ketmas" deyishga asos yo'q, o'sha qora toshni birov qo'liga olib yerga tashlagan yoki raketaga bog'lab osmonga uchirganmi? Yerga tushmas bo'lsa, nega uni "osmondan yerga tushgan" deyishadi?

      Delete
  3. lol,ozi u tosh rostanhan shundaymikin?unda nega bunday deyishadi va o'lik dengizga ateistik nuqtai nazardan qanday qaraladi rostanham din aytgandekmi yoki tabiatning ozini mo'jizalarimikin?

    ReplyDelete
    Replies
    1. Kim unday deydi? Nima desa ishonaverish kerakmi? Odamlar gapiraveradi, laqmalar ishonaveradi. O'lik dengiz haqida aniqlashtirsangiz, nimasi mo'jiza?

      Delete
  4. qora toshni xudo islomda alloh odam ga jonatgan va u avval oq keyinchalik insoniyat gunohlari tufatli qoraygan deyiladi vaho kazo,keyin men uni internetda rasmini ham ko'rdim va yana oqidimki fan buni meteorid deb bilar ekan ammo isbotlanmagan ekan bunga fan qanday qaraydi?
    o'lik dengizga kelsak uning tagida sadum va g'amura (sodom and gomorra)shaharlari bo'lgan va u yerda lut (lot)payg'ambar yashagan deyiladi.U paytlarda u qavm bad xulq bachchavozlik qilgani uchun xudo islomda alloh ularga qichqiriq bilan tosh yog'dirgani va shahar ostin ustun bo'layotganda lut ning xotini u yerga qaragani uchun uni toshga aylantirgan deyiladi...hozirda u suvning 30 % tuz bo'lgani uchunmi bilmadim u yerda na baliq bor na suv o'tlari va u yerda odam cho'kmaydi bunga ham fan qanday qaraydi?

    ReplyDelete
    Replies
    1. Makkaga olimlarning kirish muammo bo'lganidek qanday qilib qora toshning analizlarini olishsin?
      O'lik dengiz sho'rligi yuqori bo'lgani uchun zichligi katta, Arximed qonuniga binoan unda cho'kish qiyin. Bundan tashqari dunyoda boshqa sho'r suv havzalari ham bor: https://en.wikipedia.org/wiki/Salt_lake

      Delete
  5. Xurmatli ateist,savollarimga tezroq javob yozing iltimos...
    Yana ins jin,bashoratchilik,magiya va shunga o'xshagan narsalar uchun ham yangi postlar ochsangiz yaxshi bo'lar edi (dinning xatolarini aniqlagan xolda)...

    ReplyDelete
  6. Hurmatli savol berib javob yozuvchilar, din degani borliqning intizom odobi degani-da. Buni ortiqcha tortishishga hojat yo'q deb o'ylayman. Ohirat degan narsa esa qaytadan tug'ilishdir

    ReplyDelete
    Replies
    1. Osmonni "yetti qat gumbaz", yerni "yassi" deb o'ylagan qadimgi odamlar tomonidan to'qib chiqarilgan din "borliqning intizom odobi" emas.

      Delete
  7. Saida siz odob faqat dinga taluqli dinsizlarda odob bo'lmaydi deb o'ylaysizmi?Bu yerda tortishuv emas aniqlashtirish ketyapti,oxiratni nima bilan isbotlab bera olasiz?...

    ReplyDelete
    Replies
    1. Din degan terminning asosiy ma'nosini aytyapman

      Delete
    2. Onamizning qornida yotganimizda boshqa bir dunyoda katta bo'ldikku, bu davom etaveradi, deb o'ylayman, chunki butun borliq yangilanaveradi, eskiyveradi, borliqning boshlang'ichi yo'q bo'lganidek, ohiri ham yo'qqu ya'ni hamma narsa davom etaveradi.

      Delete
  8. Hurmatli Ateist iltimos postlarga yangiliklar kiritib turing...

    ReplyDelete
  9. Dinchilarga Savollar: Qibla >>>>> Download Now

    >>>>> Download Full

    Dinchilarga Savollar: Qibla >>>>> Download LINK

    >>>>> Download Now

    Dinchilarga Savollar: Qibla >>>>> Download Full

    >>>>> Download LINK

    ReplyDelete