Haqida

Dinchilarga savollar blogiga xush kelibsiz!

Ushbu blog ochilishidan maqsad diniy propaganda ta'siriga tushganlarga yordam etishdir. Bu yerda dinlarning ilohiy kuchlardan kelmaganini, balki odamlar tomonidan o'ylab topilganini, "haq din" degan narsa yo'qligi ko'rsatiladi.

Shu o'rinda savollar tug'ilishi mumkin, ularni javoblaylik:

Dinchi kim?

Dinchi - bu dinni targ'ib qiluvchi odam. Dindordan farqi shundaki, dindor hech kimga xalaqit bermay, o'z diniga o'zi tinchgina e'tiqod qilib yursa, dinchi birovning ishiga burnini suqib yuradi. Dindorlar umuman olganda yomon xalq emas, oralarida yaxshi odamlar ko'plab uchrab turadi, ular hurmatga sazovor; dinchilar esa xira pashshadek odamlarni bezor qiladi. Dinchi va shariatchi bir-biriga yaqin atamalar, lekin shariatchi faqat musulmon dinchilarga taalluqli, dinchi esa xristian, yahudiy yoki boshqa bo'lishi ham mumkin.

Nega savol yozib, javobini ham o'zingiz yozyapsiz?

Bu blog odamlarni test qilish uchun emas, balki ta'lim maqsadida ochilgan. Shuning uchun savol ketidan darhol tushuntirish qilib javobini ham yozamiz. Qaysidir javob noto'g'ri deb o'ylasangiz, bemalol tegishli post tagiga izoh qoldirishingiz mumkin.

Bu saytda faqat islom dini haqida yoziladimi?

Yo'q, bu blog barcha dinlarni birdek ko'radi. Masalan, Kosmologiya maqolasi xristianlikka ham, yahudiylikka ham taalluqli. Bilish daraxti maqolasi esa islomga oid emas.

Bu sayt ateizmni targ'ib etadimi?

Umuman olganda yo'q. Ateizm xudo(lar) mavjudligiga ishonchning yo'qligidir. Lekin bu blog xudo bor-yo'qligi mavzusiga emas, balki diniy tashviqotning yolg'onlariga bag'ishlangan. Xudoga ishonuvchi dinsiz (ya'ni, deist) odamlarni va dinini targ'ib qilmaydigan dindorlarni bu blog tanqid qilmaydi.

Bu sayt missionerlar tomonidan ochilganmi?

Yo'q, bu blog bolaligida el qatori dinga ishonib yurgan, keyin esa dinning safsata ekanligini anglagan, hech qaysi dinga ishonmaydigan odam tomonidan ochilgan. Missionerlar biror dinga targ'ib etsa, bu blog hech qanday dinga targ'ib etmaydi.

12 comments:

  1. Жавобларнинг бирортаси тўғри эмас! Илмий асосга ҳам эга эмас.. Бу билан фақат ўзингизни алдашингиз мумкин холос! Лекин сиз каби атеистларнинг борган сари "кетмонинглар" учмаётганидан аламзада эканинглар кўриниб турибди! Итерфакс агентлигининг маълумотига кўра бугунги кунда Россияда ҳам атеистлар камайиб бормоқда! Энштейн шундай деган эди: "Эволюциянинг энг мантиқсиз жойи уни мантиқли дейилишидир!"

    ReplyDelete
    Replies
    1. >Жавобларнинг бирортаси тўғри эмас!
      To'g'ri bo'lmasa bemalol tegishli post tagida raddiya yozavering.

      >Итерфакс агентлигининг маълумотига кўра бугунги кунда Россияда ҳам атеистлар камайиб бормоқда!
      Amerikada esa o'sib bormoqda: http://www.pewforum.org/Unaffiliated/nones-on-the-rise.aspx
      Kamayadimi, o'sadimi, buning ahamiyati yo'q. Yer Quyosh atrofida aylanadi, deb o'ylaydiganlar soni ortsa ham, kamaysa ham, buning haqiqatga hech qanday ta'siri bo'lmaydi. Siz bergan argument ad populum bo'lib, hech qanday qiymati yo'q.

      >Энштейн шундай деган эди: "Эволюциянинг энг мантиқсиз жойи уни мантиқли дейилишидир!"
      Evolutsiyaning din bilan nima aloqasi bor? Biz hali evolutsiya mavzusiga kelmadik. Qolaversa, Einstein evolutsiyani rad etmagan: http://www.qotd.org/search/single.html?qid=37858
      Shuningdek, Einstein dindor bo'lmagan: http://www.vuletic.com/hume/cefec/7-13.html

      Odamlar ko'rib turganidek, siz kabi dinchilar yolg'on-yashiq gapirishdan tap tortmaydi.

      Delete
    2. Masalani ijtimoiy va siyosiy tomonlarini "haqiqatni" o'lchash uchun ishlatish bu propogandaning kuchli qurollaridan biridir.
      Yuqorida keltirilgan "Rossiyada ateistlarning soni kamayib bormoqda" degan psedo-fakt ham huddi shunday propoganda qurolidir. Bu huddi dunyoda Islom diniga sig'inuvchilar oshib bormoqda, demak bu din "haq din" deganday mantiq.
      Lekin aslida sonning ko'pligi haqiqatni ifodalaydimi?
      Bu savolga qo'rqmasdan yo'q deya javob berishimiz mumkin. Chunki agar haqiqat= ko'p son degan mantiqda ish yuritsak, nafaqat islom dini balki butun dunyo dinlari hech qanday haqiqatni ifoda etmasligi ayon bo'lib qoladi. Misollar:
      Yer sharining yoshi 4 mlrd yildan oshadi, dinlarning yoshi esa uzog'i bilan 20 ming yilga boradi, eslatib o'tamiz milliard 9 ta 0 bilan yozilsa dinlarning eng qadimgisining yoshi 4ta 0 bilan yoziladi, farqini o'zingiz tushunib olavering. Endi dinlararo yoshlarni solishtirsak eng yoshi ulug'i animizmdir, eng yoshi esa Islom.
      Dunyo dinlari orasidagi raqobatdan kelib chiqsak eng keng ko'lamli din bu xristianlikdir, eng tez yoyilayotgani ham shu dindir. Islomni dunyoga radikalligi bilan tanilganligi musulmonlarga uni tez yoyilayotgan din deb targ'ib qilishga yordam bermoqda, ya'ni bu din ommaviy ahborot vositalarida ko'p joy egallaydi, lekin hozirda dunyoda xristianlikka o'tayotgan boshqa din vakillari sonining proportsiyasi, islomga o'tayorgan boshqa din vakillarining proportsiyasidan ancha yuqoridir.

      Delete
    3. 3. Masalaning demografik tomoni, hammamizga ma'lumki dunyo dinlarini yoyilishida ma'lum din vakillarining tug'ilish koifitsenti ham katta rol o'ynaydi, jumladan ko'pchilik musulmon jamiyatlarida eski qadriyatlarni ko'proq saqlanib qolishi oqibatida ko'pbolalaik va erta turmush qurish ko'p uchraydi. Aynan shuni hisobiga musulmonlar soni hozirda oshib bormoqda, lekin musulmon mamlakatlarida diniy statistik ma'lumotlar haqiqatni aks ettirmaydi, chunki musulmon kishilarning avlodlari musulmon deb sanaladi, u tug'ilishi bilanoq. SHu tariqa u "musulmonlar ro'yxatiga" tushib qoladi, garchi keyinchalik uning diniy qarashlari o'zgarsa ham.
      Rossiya misoliga shu o'rinda e'tibor berishingizni so'rardim, Rossiyada ateistlar soniga ikki faktor kuchli ta'sir ko'rsatadi
      1. Rossiyaga ko'plab musulmon davlatlardan keluvchi immigratsion oqimlar, ayni paytda Rossiya o'z hududida 10 mlndan oshiq migirantlarni qabul qilgan, bu migirantlarning 90%dan oshig'i musulmon mamlakatlar (O'rta osiyo, Ozarbayjon, Turkiya)dan keladi, bundan tashqari rossiya hududida ham avtonom musulmon respublikalari (dog'iston, checheniston, tatariston va hakozo) mavjud bo'lib ulardagi tug'ilish miqdori rus aholisiga nisbatan ancha yuqoridir.
      2. Rossiyadagi ijtimoiy holatni o'zgarishi, hammamizga ma'lumki Rossiya sobiq sovet ittifoqini yuragi hisoblangan, bu kommunistik mamlakatning asosiy ideologiyasini ateizm tashkil qilgan bo'lgan. Hozirgikunda esa rossiyada provaslav cherkovining ta'siri kundan kunga oshib bormoqda. Mazkur hokimiyat ham aynan din orqali xalqqa ta'sir o'tkazish metodidan borgan sari ko'p foydalanmoqda. Mamlakatdagi iqtisodiy muammolar esa ijtimoiy hayotni yanada og'irlashtirmoqda, qayerda kambag'allik bo'lsa o'sha yerda insonlarning dinga og'ishi ko'proq kuzatilishi sotsiologlar tomonidan allaqachon isbotlangan.
      - Ohirgi izoh - haqiqiqy e'tiqod (dinga yoki ateizmga) son darajasi bilan o'lchanadimi yoki sifat darajasi bilan? Agar dinchilar son darajasi bu dinning haqiqiy rivojlanishi deb hisoblasalar qattiq adashadilar, chunki o'zini ma'lum dinga tegishlilik qilib ko'rsatish bu uning jamiyatdagi ijtimoiy o'rnini belgilaydi, shuning uchun ko'pchilik o'zini asl e'tiqodini aniq aytmasdan shu yashayotgan mamlakatidagi eng keng tarqalgan dinni vakili qilib ko'rsatishi ko'p uchraydi.
      Sifat darajasiga kelsak, diniy mamlakatlarda ko'pchilik aholi xudoga ishonadi (deist) lekin dinga e'tiqod qilmaydi. Lekin xudo haqiqatda dunyodagi eng qudratli zot bo'lsa uning jazosidan hayqimasdan ibodatni kanda qilish bu kishining u zotga haqiqatdan ham ishonmasligini belgilaridan biridir, shunday ekan, o'zini xudoga ishonuvchi deb tanishtiruvchi lekin amal qilmaydigan ko'pchilik kishilar aslida jamiyatdagi o'rnini yo'qotmaslik uchun shunday deydilar, aslida esa ular oliy qudratga ishonmaydilar.
      Shu o'rinda Rossiya va musulmonlarga tegishli paradoksal ma'lumot: Hammamiz bilamiz O'zbekiston dunyoviy davlat lekin musulmon jamiyat deyiladi (85% musulmon, ateistlar soni esa o'ta kam (1-2%), lekin aslida O'zbekiston qanchalik musulmon? Mening fikrimcha o'zbekiston hech qanday musulmon jamiyat emas, balki 90% dunyoviy jamiyat. Agar shunday bo'lmaganida O'zbek xalqi alkogol ichimliklarini iste'molini eng minimum darajada ushlagan bo'lardi. Lekin dinchilarning baxtiga qarshi haqiqat umuman boshqacha, o'zbekiston dunyodagi eng kuchli alkogol bo'lmish Aroq iste'mol qilish bo'yicha dunyoda 5-o'rinni egallab turmoqda (rossiyadagi migirantlar ist'moli bundan holi). Ho'sh buni dinchilar qanday tushuntiradi? Ahir aroq ichish Islom dinida eng harom ishlardan biri emasmi, aroqni ichayotgan musulmon xudoga ishonadi deb o'ylaysizmi?

      Delete
  2. Sizlarga o`xshaganlar ilgari ko`p bo`lgan, bundan keyin ham bo`ladi. Bizga o`xshaganlar ham xuddi shunday. Eng qiziq tomoni qiblaga butun yer yuzining har bir nuqtasidan 360 gradusda qarash mumkin deyishingiz bo`libdi. Unda sizlar biror narsaga qaraganda o`girilib qarang, nazaringiz yerni bir marta aylanib o`sha qarab turgan nuqtangizni orqasidagi narsani ko`ra olar balki :D
    Sizlarga teng bo`lganni o`zi dinsiz )))

    ReplyDelete
    Replies
    1. >qiblaga butun yer yuzining har bir nuqtasidan 360 gradusda qarash mumkin deyishingiz bo`libdi
      Hm, o'sha "Qibla" maqolasini ko'ring-chi yana. U yerda "Bu muammoni ayrim ruhoniylar sajda yo'nalishi Yerni "aylanib" o'tib, qibla tomon bo'lsa bas, deb yechishga urinishadi," deb yozilgan, ya'ni bu gap bizdan emas, ruhoniylaringizdan chiqqan. Albatta Yer tekis emas, sharsimon bo'lgani uchun bunday "aylanib-o'rgilib" qaragan bilan Makka ko'rinib qolmaydi.

      Delete
  3. This comment has been removed by the author.

    ReplyDelete
  4. Agar odamlarni terrorchi bo'lib ketishidan saqlash uchun shu fikrlaringizni yozgan bo'lsangiz masalaga noto'g'ri yondoshibsiz.
    Yozganlaringiz aks ta'sir qilib, buni o'qigan biror terrorchi g'azabdan o'nta emas yigirmata odamni o'ldirmasligiga kafil bo'lolmaysiz. Siz avval ularni psixologiyasini hisobga oling.
    Mayli din haqida, Xudo haqida qanday fikrda ekaningizni yozavering; lekin buni ezgulik uchun qildim demang. Bunda hechqanday ezgulik yo'q. "Xudoni inkor etuvchi dalillar keltirilgan blog yozsam, terrorizmga kirib ketish havfini kamaytiraman" degan fikr yosh bolalarcha fikr. Bu bilan faqat ko'pchilikni g'azabini qaynatasiz.

    ReplyDelete
  5. This comment has been removed by the author.

    ReplyDelete
  6. This comment has been removed by the author.

    ReplyDelete
  7. Xudoga qoyil, agar men uning o'rnida bo'lganimda zerikishdan o'lib qolgan bo'lardim (to'g'ridan-to'g'ri zerikishni o’zidan emas), axir 7mlrd o'zing yozgan senariyli kinolardan nari borsa 5-10%ida maksimum zerikasan. Undan ko'ra yerga tushib odamlar bilan muloqotga kirishsin, ham odamlar unga ishonadi (o'zini ximoya qila olar) ham u yerni yerni o'zida boshqaradi, tartibga keltiradi, odamlarni kaltaklaydi, hammasi o'zi
    xoxlaganday bo'ladi, gunohlar to'xtaydi, hamma jannatga yo'llanma ola boshlaydi. Yoki xudo bularni xoxlamaydimi, islomda ba'zi narsalar muhokama qilinmasin deb tamg'alab qo'yilganda, chunki muhokamada aql kutilgandan ko'p ishlab ketadi, ko'zdagi yog'larni eritib yuboradi, ba’zi jihatlar neytrallashadi. Xudo xoxlamaydimi, nega jannatga limitdan ziyod jannatilar sig’maydimi, kuf-suf qudrat bilan jannatni kengaytirvorilsa bo’lmaydimi, bu be’maniliklardan be’mani gaplar xosil bo’laveradida. Nima bo’lganda ham haqiqat haqiqatligicha qoladi. Men yoshligimda xudo bo’lishni xoxlardim, endi xoxlamayman.

    ReplyDelete
  8. Agar dunyoni Alloh yaratmaganida biz qayerdan paydo bolardik owa revalyutsiyalarinam qattan paydo bolardi azgina kalleni iwlatlarin balkm salla maymundan tarqagandrsaalla Islom dini musulmonlari turpoqdan!
    Bu borada baxs olib boriw axmoli balkm Allohni ozi sallani adawtrganlugunu ozi acinarli

    ReplyDelete