Friday, September 20, 2013

Bilish daraxti

Bu savol yahudiy va xristian dinchilarga taalluqli. Diniy manbaga binoan, xudo Odam va Havvoni yaratib, ularga "yaxshi va yomonni bilish daraxti"dan meva yemaslikni buyuradi ("yesang o'lasan," deydi) va o'zi birrovga qayergadir ketadi (Taqvin:2). Oraga ilon qiyofasiga kirgan shayton tushib, Havvoni bilish daraxti mevasini yeb ko'rishga ko'ndiradi, Odam va Havvo uni yeb ko'rgach, yaxshini yomondan farqlay boshlashadi (Taqvin:3). Qaytib kelgan xudo buni ko'rib, jahl qiladi, "yomon ish qildilaring, endi butun nasl-nasabing qarg'alsin," deb do'q qiladi, la'natlaydi. Shu o'rinda qator savollar tug'iladi: xudo qayerga ketdi? Ketsa ham hamma narsani bilguvchi emas edimi, ko'z-quloq bo'lib turmadimi? Bilish daraxtini nega o'stirdi? va hokazo. Yana bir juda muhim muammo bor: Odam va Havvo bilish daraxtidan meva yemasdan oldin yaxshini yomondan farqlay olishmagan bo'lsa, bilish daraxtidan meva yeyish yomon ish ekanligini bilishmas edi. "Yesang o'lasan," degan ogohlantirish ham tushunarsiz: nima yaxshi, nima yomonligini bilmaydiganlar o'lish yaxshi-yomonligini ham bilmaydi.

Savol:

Yaxshini yomondan farqlashni bilmaydiganlar xudoning gapiga quloq solmaslik yomon ekanini qayerdan bilsin?

Javob:

Bu rivoyatlar qadimgilar tomonidan to'qilgan ertaklardir. Ertaklardan mantiq qidirish behuda.

2 comments:

  1. Injil va Qur'ondagi ko'p rivoyatlar ulardan ancha oldin yuzaga kelgan dinlardan meros qilib olingan (shu jumladan aql daraxtidan meva yeyish haqidagisi ham). Keling, endi ana shu eng qadimgilariga borib ko'ramiz. Aql - faqat insonga hos jihat. Odamzot aqlsiz yashagan paytda u barcha jonzotlar qatori atrof-muhit bilan movozanatda bo'lgan. U tabiatning bir qismi kabi yashagan. Lekin odamzotni qiziquvchanlik aql orttirishga undagan - aynan qiziquvchanlik ortidan odam o'zida aqlni rivojlantirgan. Rivoyatda ham shayton "Bilasanmi nega xudo senlarga bu mevadan yeyishni man qildi? Chunki uni yesanglar, u bilgan narsalarni bilib olasanlar, uniki kabi qudratga ega bo'lasanlar" deb avragandan keyin odamzot qiziquvchanlik qilib, mevani yeb ko'radi. Va shu ishi uchun jannatdan quviladi. Ya'ni aqli o'sgan odamzot jamiyatga birlashadi va o'zi kabilarga va boshqa jonzotlarga zulm qila boshlaydi (ya'ni do'zah boshlanadi). Qadimgi mutafakkirlar buni erta anglab yetishgan va yuqoridagi kabi rivoyatlar bilan qavmdoshlariga aqlli joznot va jamiyat qanday paydo bo'lganini yetkazib bermoqchi bo'lishgan. Rivoyatda aynan Momo Havo birinchi bo'lib mevani yegani ham bejiz emas - yovvoyi odamning aynan urg'ochisida birinchi bo'lib aql o'sa boshlagan - chunki uning bo'sh vaqti ko'p bo'lgan va u turli narsalarni o'rganib ko'rishga imkoni bo'lgan. Erkaklari ov va havfsizlikni ta'minlash bilan mudom band bo'lganlar. Xullas, rivoyatlarda mantiq juda ko'p - faqat ular vaqt davomida unut bo'ladi va boshqacha soxta talqinlar ostida qolib ketadi. Agar sergak turib, chuqurroq qarasangiz - har narsadan mantiq topa bilasiz.

    ReplyDelete