Thursday, March 13, 2014

Quldorlik

Bu mavzu ibrohimiy dinlarga taalluqli. Ushbu (yahudiylik, xristianlik, islom) dinlarda quldorlik taqiqlanmaganiga diqqat ajrataylik (boshqa dinlarda, masalan hinduiylikda quldorlik man etilgan). Xususan, sahih hadislarda qul qochmasligi kerak, deyiladi:

Qaysi bir qul qochib ketsa, undan himoya ko'tarilibdi.

 Agar qul qochib ketsa, uning namozi qabul qilinmaydi.

Hatto Quronda ham jinsiy aloqa maqsadida cho'ri tutish mumkinligi aytiladi:

Endi agar adolat qila olmaslikdan qo'rqsangiz, bir ayolga yoki qo'l ostingizdagi cho'ri bilan. (Niso:3)

Magar o'z juftu-halollaridan va qo'llaridagi cho'rilaridangina. Bas ular malomat qilinmaslar. (Mo'minun:6

Islom payg'ambari Muhammadning ham bir necha quli bo'lgani hadislarda eslatiladi (Buxoriy; Muslim).

Din va quldorlik muammosi 20-asrdan boshlab dinchilar boshog'rig'iga aylandi. Hozirda ularga quldorlik haqida savol bersangiz, "hozirda mumkin emas, u paytda mumkin edi; qolaversa dinda qullarni ozod qilish savob ishdir," deb gapni aylantirishadi. Biroq ularning bu javobidan boshqa muammolar kelib chiqadi: hadisga binoan, qullarni ozod qilish emas, qarindoshlarga hadya etish ko'proq savob keltiradi (Buxoriy); din o'zini butun zamon va makonga keltirilgan, deb iddao qiladi, demak "u paytda mumkin edi," degan argument dinga qarshi keladi.

Savol:

Nega dinlarda quldorlik taqiqlanmagan?

Javob:

Chunki bu dinlarni qadimgi odamlar to'qib chiqargan, ulardagi qoidalar faqat o'sha zamonlarga tegishli. Hozir quldorlik degan jirkanch ish deyarli butun dunyoda dunyoviy hukumatlar tomonidan taqiqlangan. Dinlar esa zamonga moslasha olmaydi. Bu dinlar eski davrlarga tegishli, bugun kerak emas.

1 comment:

  1. Har qanday din - siyosiy qurol sifatida paydo bo'ladi (yaratiladi) va shu maqsadga xizmat qiladi. Islom ham tarqoq va tinimsiz o'zaro urushda bo'lgan arab qabilalarini birlashtirish uchun joriy qilingan. Bunda shu tarqoq qavmlarning farqli jihatlari yo'q qilinib, o'xshash jihatlari mahkam tutilgan. Quldorlik esa o'sha qavmlarning barchasida udum bo'lgan. Quldorlikni man qilish - barcha qabilalarni eng boshidan yangi dinga qarshi chiqishlariga sabab bo'lar edi. Shu bois birlashtirish ko'zda tutilgan barcha qavmlar uchun umumiy bo'lgan qadriyatlar (quldorlik ham o'z davrida qadriyat edi) saqlanib qolingan va qoralanmagan.

    ReplyDelete