Tuesday, July 2, 2013

Ornitologiya

Diniy manbada qushlarni osmonda yolg'iz xudo ushlab turishi aytiladi. Yolg'iz, ya'ni boshqa hech nima. Lekin aslida qushlar (va boshqa uchar jonzot va narsalar, masalan, chivin, ko'rshapalak, uchoq) qanotlari osti va ustida turli havo bosimi bo'lgani uchun uchadi. Havo shari, pufak kabi uchar narsalar esa kichik zichlikli moddalarning sizib chiqishi (Arximed qonuni) bois; raketalar esa reaktiv kuch yordamida uchadi. Havo va qanotlar bo'lmasa qushlar ucha olmaydi.

Savol:

Nega diniy manbada qushlar parvozi haqida xato tasavvur qilingan?

Javob:

Bu diniy manba qadimgi afsona va rivoyatlarga asoslangan. Xudodan kelmagan. Agar diniy manba rostdan ham xudodan kelganida edi, unda qushlar qanday parvoz qilishi bexato, ochiq-oydin tushuntirilgan, balki odamlarga ham uchar mashinalar yaratish haqida yordam yozilgan bo'lur edi.

3 comments:

  1. Қизиқ, Архимед бу қонунни кашф қилганми ёки ихтиро қилганми? Бу борлиқни, ундаги қонуниятларни ким шундай тартибга келтирган?! Чивинни ким яратган? Фан тараққиётни ниқоб қилиб олган атеистлар бир дона чивинни ярата олишадими, Йўқ! Мана чивиннинг бугунги кунда маълум бўлган хусусиятлари:
    "Alloh chivin yoki uning tepasidagi narsani masal qilib keltirishdan hayo qilmaydi".Baqara surasi.
    Endi chivin bilan tanishing:
    Kallasida 100 ta ko'zi bor;
    Og'zida 48 ta tishi bor;
    Tanasining uch bo'lagida uchta yuragi bor;
    Tumshug'ida 6 ta pichog'i bo'lib, har birining alohida vazifasi bor;
    Har ikki tarafida 3 tadan qanoti bor;
    Elektromagnit kabi ishlaydigan jihozi bor. Uning vazifasi inson terisini qorong'ida binafsharang qilib aks ettiradi, bu esa chivinning har qanday zulmatda ham inson terisini bemalol ko'ra olishini taminlaydi;
    Cheklangan uxlatish (местный наркоз) moddasi bor. Bu esa insonning sezgisini o'ldirib turadi va chivinga o'z nishini inson tanasiga bemalol suqib olishini taminlaydi. Inson sezadigan chaqish qon so'rilishidagi sezgi bo'ladi;
    Qonni tahlil qiluvchi jihozga ega. Chunki u har qanday qonni qabul qilavermaydi, qon tanlaydi;
    Qonni ingichka ignasidan o'tkazish uchun qon suyultiruvchi moddasi ham bor;
    Kuchli hid bilish moslamasiga ega, u insonning hidini 60 kmdan sezadi;
    Hammasidan ham ajoyibi shuki, zamonaviy ilm kashf qilishicha, chivinning tepasida yashaydigan hasharot ham bo'lib, uni maxsus. zarrabin orqaligina ko'rish mumkin ekan. Oyati karimadagi "uning tepasidagi narsani" degan jumlani ilgargi ulamolar "hajmda undan yuqori bo'lgan" yoki "kichiklikda undan yuqori, ya'ni undan ham kichik narsani" deb sharh qilishar edi. Endi esa zamonaviy ilm kashfiyotiga ko'ra uning yangi tafsiri ham ma'lum bo'ldi....
    Хуллас бу хусусиятларни чивинга Архимед берган, дея олмасангиз керак! Шундай экан Аллоҳ яратган қонуниятлар асосида ўша қуш осмонда уча олади! Қушнинг осмонда уча олишига инсоннинг ҳеч қандай дахли йўқ!!

    ReplyDelete
    Replies
    1. >Қизиқ, Архимед бу қонунни кашф қилганми ёки ихтиро қилганми?
      Tabiat qonunlari kashf etiladi, ya'ni ochiladi.

      >Бу борлиқни, ундаги қонуниятларни ким шундай тартибга келтирган?!
      Bunisi noma'lum. Agar olamni tartibga keltirganlar bor bo'lsa ham, u tartibchilarni tartibga keltirgan kim? Va hokazo. Agar shunday "tartibchilar" bo'lsa ham, diniy manbalar ulardan kelmagan, bu tepada ko'rsatildi.

      >Чивинни ким яратган?
      Chivin lop etib yaralib qolmagan. Bo'g'imoyoqlilardan evolutsiyalanib kelishgan.

      >Фан тараққиётни ниқоб қилиб олган атеистлар бир дона чивинни ярата олишадими, Йўқ!
      Fan-texnika nisbatan yaqinda rivojlana boshladi, hali oldinda ish ko'p. Lekin uchar hasharot yaratishda ishlar allaqachon qilinmoqda:
      http://spectrum.ieee.org/automaton/robotics/robotics-software/the_coolest_flying_robot_proje
      http://www.snopes.com/photos/technology/insectdrone.asp

      >Endi chivin bilan tanishing:
      >Kallasida 100 ta ko'zi bor;
      Chivinda ikkita ko'z bor. Bu ko'zlar ommatidiy deb nomlangan kataklardan iborat, bu kataklar soni minglab bo'lishi mumkin: http://www.creepycrawlies.info/mosquito-eyes.htm

      >Og'zida 48 ta tishi bor;
      Chivinda tish bo'lmaydi: http://www.mosquitoworld.net/mosquitofaqs.php

      >Tanasining uch bo'lagida uchta yuragi bor;
      Chivinda bitta yurak bor: http://jeb.biologists.org/content/213/4/541.abstract

      >Tumshug'ida 6 ta pichog'i bo'lib, har birining alohida vazifasi bor;
      Unday emas: http://bugs.bio.usyd.edu.au/learning/resources/Entomology/externalMorphology/imagePages/mouth_mosquito.html

      >Har ikki tarafida 3 tadan qanoti bor;
      Chivinda ikkita qanot bo'ladi, shuning uchun ham juft qanotlilar deb ataladi: http://hypertextbook.com/facts/2000/DianaLeung.shtml

      Va hokazo. Xato ketidan xato.

      >Қушнинг осмонда уча олишига инсоннинг ҳеч қандай дахли йўқ!!
      Tepadagi postda ham qush uchishiga odam daxldor deyilmadi.

      Qadrli o'quvchilar, ko'rib turibsiz-ki, mana bunday dinchilar yolg'on-yashiq bilan gapni aylantirib, sizlarni tentak qilmoqchi. Bundaylarni bilib qo'ygan afzal.

      Delete
    2. Demak siz ifodalab bergan minglab hayratda qolarli hususiyatga ega chiviningiz Xudoning "bo'l" deyishi bilan paydo bo'lgan?

      Delete